Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro “Matiz” rusumli avtomaşinasiga ruxsat etilmagan antenna qurilmasini örnatib, axloqsiz söz işlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi uning otasiga çora körilganini ma’lum qildi.
Bildirilişiça, uşbu holat Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan örganilganda, harakatlarni Toşkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvçi 2007 yilda tuğilgan fuqaro J.D. sodir etgani aniqlangan.
J.D.ning otasi, 1984 yilda tuğilgan K.Yu.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 125-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, avtomaşina vaqtinçalik saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirildi.

















