Sud «Yandeks. Uslugi» xizmati foydalanuvçilari haqidagi ma’lumotlarni Rossiya maxsus xizmatiga bir neça bor taqdim etmagani uçun «Yandeks»ni 2 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. 

Moskvadagi sud «Yandeks» kompaniyasini Rossiya «FSB»ga «Yandeks. Uslugi» xizmati foydalanuvçilari haqidagi ma’lumotlarni bir neça bor taqdim etmaganlikda aybdor deb topib, ikki million rubl miqdorida ma’muriy jarima soldi, deb xabar berdi duşanba, 19 iyun kuni ertalab TASS agentligi.

«Yandeks» MÇJning xatti-harakatlari Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksi böyiça, davlat organlari tomonidan tintuv ötkaziş yoki davlat xavfsizligini taşkil etiş maqsadida öz jihozlari va dasturlariga qöyiladigan talablar bajarilişini ta’minlaş majburiyatini bir neça bor bajarmaganlik deya kvalifikatsiya qilindi, deb aniqlik kiritmoqda agentlik kompaniya vakiliga tayanib. 

«Yandeks»ga nisbatan sud qarori ustidan şikoyat qilindi va u qonuniy kuçga kirdi. 

Birinçi marta «Yandeks» sud tomonidan xuddi şunday ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topildi va 2022 yilda 400 000 rubl miqdorida jarimaga tortildi. Şu bilan birga, kompaniya advokatining ta’kidlaşiça, «Yandeks» sanksiyalar tufayli Rossiya qonunçiligi talablariga rioya qila olmaydi: xorijiy uskunalar va dasturiy ta’minot foydalanuvçi ma’lumotlarini töplaş va saqlaş uçun talab qilinadi, ularni hozirda sotib oliş va örnatiş mumkin emas.