Rossiya olimlari va ilmiy taşkilotlariga FSBdan oldindan rozilik olmasdan xorijliklar bilan hamkorlik qiliş taqiqlandi. Bu haqda Rossiya hukumati qaroridan ma’lum böldi, hujjat payşanba kuni, 27 noyabrda, rasmiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan.

Hujjatga köra, ilmiy loyihalarda iştirok etayotgan çet elliklar haqidagi ma’lumotlar, şu jumladan muassislari orasida xorijliklar bor bölgan rus taşkilotlari haqidagi ma’lumotlar, yagona davlat ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari hisobi tizimiga kiritilişi şart. Oliy ta’lim va fan vazirligi uşbu ma’lumotlarni röyxatdan ötkazilgandan söng beş kun içida FSBga taqdim etişi kerak. Sörovni körib çiqiş va xorij iştirokçisiga ruxsat beriş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiliş uçun FSBga 60 kun muhlat beriladi.

Uşbu qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oyida imzolagan, ilmiy işlanmalarni çet elga çiqib ketişi böyiça nazoratni kuçaytiriş haqidagi qonunni amalga oşiriş doirasida qabul qilingan. Davlat budjetidan moliyalaştiriladigan davlat topşiriqlarini bajaradigan ilmiy taşkilotlar va oliy öquv yurtlari uçun yangi qoidalar 2026 yil 1 martidan amal qila boşlaydi, qolgan barça taşkilotlar uçun esa 2028 yil 1 sentabrdan kuçga kiradi.

Qonunga ilova qilingan tuşuntiriş xatida ta’kidlanişiça, FSB bilan kelişiş tartibi "ilmiy faoliyat natijalarining Rossiya hududidan taşqariga çiqib ketişini nazorat qilişni kuçaytirişga, şu bilan birga ilmiy ijod erkinligini buzmaslikka xizmat qiladi".

Rossiya Fanlar akademiyasida bu yondaşuv "milliy manfaatlarni ilgari surişga mos keladi", deb bayonot berildi. "Vedomosti" naşri manbalari ta’kidlaşiça, hozirgi kunda rus olimlarining eng faol xalqaro hamkorligi Xitoy va Hindiston bilan boğliq.

Bundan avval FSB gipertovuşli texnologiyalar ustida işlagan olimlarga nisbatan bir neça jinoiy iş qözğatgan edi. Fanlar akademiyasining Sibir bölimi institutlarida Anatoliy Maslov, Aleksandr Şiplyuk, Dmitriy Kolker, Valeriy Zveginsev va Vladislav Galkin qölga olingan. Birinçi uç nafari Xitoyga maxfiy ma’lumotlar uzatganlikda ayblangan.

Rossiyani tark etişga majbur bölgan fizik Yaroslav Kudryavsev bunday harakatlar hukumat tomonidan "deyarli fuqarolik fanini öldirayotganini" aytgan, çunki harbiy tadqiqotlarda ortiqça maxfiylik ilmiy muhitni vayron qiladi.