Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, unda mahalliy fuqaroning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada, xonadonda kelgusida sotiş maqsadida saqlab kelinayotgan 437 gr “geroin” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Boşqa holatda esa Urgut tumanida yaşovçi ikki fuqaro qölga olinib, ulardan ham kelgusida sotilişi rejalaştirilgan 995 gr “opiy” moddasi tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi.
Uçinçi holatda esa Urgut tumanida istiqomat qiluvçi ikki fuqaro 581 gr “opiy” moddasini 6 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo–Toşkent yönalişida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi “Sirdaryo” YPX maskanida töxtatildi.
Surxondaryo viloyatida tuğilgan 3 nafar fuqaro ketayotgan mazkur avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning yukxonasida bölgan qopdagi guruç içida 1 kg “gaşiş” moddasi borligi aniqlandi va aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Barça holatlarda narkotik moddalar mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















