Mirziyoyev: Kelgusi 7 yilda o‘qituvchilarning oyligi 2 barobarga oshiriladi
Prezidentlikka nomzodning aytishicha, o‘qituvchilarga malaka sertifikatini berish tizimiga o‘tiladi va 2030 yilgacha muallimlarning oylik maoshi 2 barobar ko‘paytiriladi.

Foto: O‘zLiDeP
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalarini ma’lum qildi.
“Endi muallimlarning nafaqat bilimi, balki malaka va mahoratini ham baholab, malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi. Umuman, kelgusi yetti yilda muallimlarning oylik maoshi 2 karra oshiriladi”, dedi u.
Mirziyoyev o‘qituvchilar haqida quyidagilarni ham aytib o‘tdi:
- pedagogika oliygohlarining o‘quv dasturlari ham, Prezident maktablaridagi o‘qitish va baholash uslublariga moslashtiriladi;
- malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga hozirgi 40 foizdan 70 foizga oshirilgan qo‘shimcha haq to‘lanadi;
- ilg‘or texnologiyalarni biladigan, dars berish va o‘quvchilar bilimini baholashda yangicha yondashadigan muallimlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Davlat rahbari o‘qituvchilarning ish yuklamasi kamaytirilishini aytdi.
“Muallimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ularning ko‘p yillik ish staji uchun ilk bor ustama haqi to‘lash tizimi joriy etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi. Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.
O‘qituvchilarga har yili sihatgohlarda sog‘lig‘ini tiklashi uchun imtiyozli yo‘llanmalar beriladi. Shuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka o‘tash uchun xorijga yuboriladi”, – dedi nomzod.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bir qator chiqishlarida o‘qituvchilar nufuzini oshirish va ularning moddiy ta’minotini yaxshilashni ustuvor vazifa deb bilishini ta’kidlagan. Xususan, davlat rahbari 2021 yil 6 noyabr kuni ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishish vaqtidagi inauguratsiya nutqida oliy toifali o‘qituvchi va shifokorlarning maoshini 5 yil ichida ming dollarga yetkazish choralari ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
-
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda
Jahon | 09:05
-
“Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJdan aksiya: Birja bitimlari uchun qat’iy belgilangan komissiya
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

12:53 / 14.04.2025
Besh kunlik dars tizimi haqida pedagoglar qanday fikrda?

14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

20:38 / 20.03.2025