IT mutaxassislari uçun möljallangan tanlov asosiy va maxsus yönalişlardan iborat.
Prezidentning 2022 yil 23 avgustdagi 357-sonli qaroriga asosan sovrin jamğarmasi 1 mln dollarni taşkil etuvçi President Tech Award eng yaxşi startaplar tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov IT sohasidagi yoş startaperlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilingan.
President Tech Award – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxşi startap loyihalari uçun tanlov.
Musobaqa asosiy va maxsus yönalişlardan iborat. Asosiy yönaliş toifalari:
• sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
• ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
• axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
• tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
• kompyuter va mobil öyinlar.
Tanlovning har bir toifasi uçun sovrin jamğarmasi quyidagiça taqsimlanadi:
1-örin uçun — $100 000;
2-örin uçun — $50 000;
3-örin uçun — $30 000.
Maxsus yönaliş esa Xakaton Gran-prisi bölib, bu 72 soat içida raqamli yeçim yaratişni közda tutadi. Xakatonda ğolib bölgan jamoa $100 000 miqdoridagi pul mukofotiga ega böladi.
Iştirok etiş uçun arizalar tanlovning şaffofligi va oçiqligini ta’minlaş maqsadida awards.gov.uz maxsus portali orqali qabul qilinadi.
Portal – bu tanlov haqidagi barça ma’lumotlar joylaştirilgan veb-sayt. Bu yerda siz jamoalarga qöşilişingiz va yönalişlardan birida iştirok etişingiz mumkin. Keyingi bosqiçga ötiş yoki ötmaslik haqidagi ma’lumotlar ham maxsus platforma orqali yuboriladi.
Hujjatlar 1 iyulgaça qabul qilinadi.
1 iyuldan 25 iyulga qadar saralaş bosqiçi ötkaziladi.
Tanlovda 30 yoşgaça bölgan şaxslar iştirok etişi mumkin. Asosiy yönalişda – faqat Özbekiston fuqarolari, maxsus yönalişda esa IT-Park rezident kompaniyalari xodimlari bölgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar ham qatnaşa oladi.
















