“Plyurial” lotin tilidan olingan, “köplik”, “turfa xillik” degan ma’nolarni beradi. Plyuralizm bir vaqtning özida respublikaçilikning, demokratiyaning, huquqiy davlatçilikning asosida turadigan tuşunçalardan biri hisoblanadi.

Respublika – bu halqning irodasi degani. Xalq esa, bitta odam emas, köpçilik böladi. Köpçilikning qaraşlari, har doim turfa va ziddiyatli böladi. Agar respublikada siyosiy plyuralizm bölmasa, bu normal va haqiqiy respublika emas, degani.

Demokratiya – halqning siyosiy boşqaruvi degani. Demokratiyaga köra, xalq öz xokimiyatini bitta partiya, bitta siyosiy qaraş, bitta siyosiy mafkura asosida amalga oşirişi – mumkin bölmagan narsa. Haqiqiy demokratiya – xalqda haqiqiy erkinlik bölgan tizimdir. Xalqda erkinlik bölar ekan, unda siyosiy faollik böladi, odamlar özlari uçun kerakli bölgan miqdorda va darajada, turfa xil siyosiy taşkilotlar tuzib olib, öz manfaatlari uçun kuraşadi.

Huquqiy davlatda, hokimiyat, odamlar bilan faqat huquqiy mezonlar orqali muomalada böladi. Davlat, hokimiyat faqat huquqiy maydonda, qonunlar doirasida fikrlaydi va işlaydi, şuning uçun ham siyosiy plyuralizm – insonlarning fundamental huquqi sifatida köriladi va qondiriladi.

Huquqiy, demokratik davlatlarning, haqiqiy respublikalarning barçasida, qolaversa, konstitutsion monarxiyalarda ham – siyosiy plyuralizm mavjud bölişi kerak. Agar davlatda siyosiy plyuralizm bölmasa, demak bu davlatda respublikaçilikning mohiyati mavjud emas va uşbu davlatlar demokratik-huquqiy ham emas. Siyosiy plyuralizm bölmagan davlatlarda, jamiyatning, xalqning irodasini tiyib turuvçi, çeklab, bostirib turuvçi omillar yoki kuçlar böladi.

Siyosiy plyuralizmga köra, siyosiy maydonda bir-biridan va hokimiyatdan mustaqil bölgan köplab qaraşlar, manfaat guruhlari, partiyalar, siyosiy kuçlar bölişi kerak. Aks holda, bu siyosiy tizim yaşirinça yoki oşkora şaklda, siyosiy monopoliya qilingan böladi.

Siyosiy plyuralizmning funksiyalari, vazifalari juda köp va qimmatli. Qolaversa, siyosiy plyuralizmning darajalari ham har xil bölişi mumkin. Misol uçun, siyosiy plyuralizm yuqori bölsa – parlament va siyosiy tizim turfa qaraşdagi mustaqil siyosiy kuçlardan taşkil topgan böladi; pastroq bölsa – de-fakto hukumat va parlament bitta siyosiy kuçni qölida bölib, oliy hokimiyat öz atrofiga har xil qaraşdagi manfaat guruhlarini yiğişi ham mumkin. Bular – siyosiy tizimning qançalik novator va erkin ekanligiga borib taqaladi.

Şu narsa aniqki, oliy hokimiyat siyosiy plyuralizmga imkon bermasa yoki bera olmagan bölsa, bu siyosiy tizim oldida juda katta xatolar qiliş xavfi oşib boradi.