Qayd etilişiça, uşbu yönalişda 2023-2024 yillarda Jahon bankidan –500 mln dollar, OTB – 347 mln dollar, JICA – 200 mln dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi – 118 mln dollar jalb etiladi.

Prezident farmoniga muvofiq, vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari (qömitalar, agentliklar, agroinspeksiya) taşkiliy tuzilmasi, sohada islohotlarni çuqurlaştiriş va transformatsiya qiliş böyiça “yöl xaritasi” hamda xodimlarni moddiy qöllab-quvvatlaş çoralari tasdiqlandi.

Yöl xaritasida 2023-2024 yillarda amalga oşiriladigan 42 ta ustuvor vazifa va ularni ijrosi uçun 22 ta normativ-hujjat işlab çiqiş belgilangan.  

Farmon bilan hududiy bölinmalardagi yer tuzuvçi 657 nafar mutaxassis xodimlarning iş haqlari 2023 yil 1 yanvardan boşlab budjet mablağidan tölanmoqda. 

Farmonda vazirlikka 2026 yilgaça har yili 1 mlrd dollardan xorijiy investitsiyalarni jalb etib, mahsulot işlab çiqariş hajmini 35 mlrd dollarga va har bir gektar yerdan daromad olişni 5 ming dollarga yetkaziş vazifasi yuklatilgan.