AQŞ Davlat kotibi (Taşqi işlar vaziri) Entoni Blinken 19 iyun kuni Xitoyga ikki kunlik taşrifini yakunladi. U Jo Bayden ma’muriyatining Pekinga taşrif buyurgan birinçi yuqori martabali amaldori böldi. Blinkenning safari aslida 2023 yil fevral oyiga rejalaştirilgan edi, biroq AQŞ osmonidan uçib ötgan Xitoy havo şari sabab taşrif qoldiriladi. AQŞ Davlat kotibi oxirgi marta 2018 yilda Xitoyga kelgandi, bu Donald Tramp kabineti vakili Mayk Pompeo bölgandi.

Blinken Xitoy taşqi işlar vaziri Sin Gang, Kommunistik partiya Markaziy qömitasining taşqi siyosat böyiça kuratori Van I, şuningdek, Xitoy raisi Si Jinping bilan muzokaralar ötkazdi. Sönggi daqiqagaça Si Jinping Blinkenni şaxsan qabul qilişi noaniqligiça qolayotgandi, biroq yakunda uçraşuv ötkazildi. Davlat departamenti bu haqda uçraşuv boşlanişiga bir soatdan kamroq vaqt qolganda rasman e’lon qildi. Si Jinping va Blinken örtasidagi muzokaralar Xalq yiğinlari uyida bölib ötdi. Reuters naşri buni «ijobiy diplomatik işora» sifatida qayd etdi, çunki bu yerda uçraşuvlar odatda faqat boşqa davlatlar rahbarlari bilan ötkaziladi (Blinken davlat rahbari emas).

Si Jinping va Blinken örtasidagi uçraşuv taxminan yarim soat davom etgan. Uçraşuv boşlanişidan oldin Xitoy raisi Blinkenning xitoylik amaldorlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarini şarhlab, «tomonlar ba’zi muhim masalalarda muvaffaqiyatga erişgani» va bu «juda yaxşi» ekanini ta’kidlagan. Şuningdek, u Davlat kotibining taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni barqarorlaştirişga ijobiy ta’sir körsatişiga işonç bildirgan. Blinken, öz navbatida, munosabatlarga mas’uliyat bilan yondaşiş «AQŞ manfaatlariga ham, Xitoy manfaatlariga ham va butun dunyo manfaatlariga ham mos kelişi»ni ta’kidlagan hamda Sin Gang va Van I bilan uçraşuvlarni «konstruktiv» deb atagan.

Si Jinping muzokaralardan söng jurnalistlar bilan suhbatlaşmadi, biroq hukumatga qaraşli «Sinhua» axborot agentligi Xitoy rahbarining uçraşuv çoğidagi bayonotidan iqtiboslar keltirgan holda maqola çop etdi. Xususan, Si Jinping Xitoy va AQŞ ikki tomonlama munosabatlarda «tarix, odamlar va dunyo uçun mas’uliyat hissi bilan harakat qilişi» kerakligini va boşqa davlatlarda heç kim ular örtasida ziddiyatni körişni istamasligini aytgan.