Özbekiston prezidenti farmoyişi bilan Şuhrat Saidov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qömitasi Xorazm viloyati soliq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.
Şu munosabat bilan Xorazm viloyati hokimligida taniştiruv marosimi bölib ötdi. Unda Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev hamda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov iştirok etdi. Şundan söng Mubin Mirzayev viloyat soliq boşqarmasida yangi boşqarma boşliğini hududiy soliq xizmati organlari şaxsiy tarkibiga taniştirdi.
Ş.Saidov 2003 yilda Urganç davlat universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi böyiça tamomlagan. U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Urganç tumani soliq inspeksiyasi boşliği vazifasini bajaruvçisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Xorazm viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimida 2018 yil dekabridan buyon Hurmat Abdukarimov işlab kelayotgandi.

















