Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşev Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uçraşdi.

Uçraşuvda ötgan hafta Koreya-Özbekiston Drone Road Show 2023 körgazmasi muvaffaqiyatli ötgani, unda Koreyaning 6 ta yetakçi kompaniyasi turli yönalişlardagi dronlari, işlab çiqariladigan mahsulot va körsatiladigan xizmatlari namoyiş etilgani aytildi. 

Agrar sohada qişloq xöjaligi yerlarini monitoring qiliş, raqamli xaritalar hamda 3D-modellarni yaratiş, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonçilikni rivojlantiriş, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlaş, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik örnatiş böyiça ijobiy natijalarga erişilgani ta’kidlandi.

Tadbirda respublikada qişloq xöjaligi sohasida monitoring va sprey dronlar, aşyolar interneti, 3D geografik axborot tizimlari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş, qonunçilik bazasini takomillaştiriş böyiça hamkorlik muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunlari böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi.