20 iyun, seşanba kuni Rossiya Davlat dumasi kiçik jinoyatlar uçun ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötayotgan fuqarolarga safarbarlik, harbiy holat va uruş davrida harbiy xizmatni ötaş uçun şartnomalar tuzişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi. Tegişli ma’lumotlar Duma ma’lumotlar bazasida paydo böldi.
Rossiya Jinoyat kodeksida «qasddan va ehtiyotsizlik harakatlari» eng köp uç yilgaça qamoq jazosi bilan kiçik oğirlikdagi jinoyatlar, örtaça oğirlikdagisi - beş yilgaça qamoq jazosi bilan «qasddan sodir etilgan qilmiş» deb tan olinadi. Bu, xususan, talonçilik, tovlamaçilik, affekt holatidagi qotillikka tegişli. Terrorizm, davlatga xiyonat, ekstremizm, qöporuvçilik va boşqa oğir jinoyatlarda ayblangan şaxslar bu huquqdan foydalana olmaydi.
Mahkumlar bilan şartnomalar tuziş tartibi RF Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Harbiy idora bilan şartnoma tuzgan mahkumlar afv etiş orqali jazoni ötaşdan ozod qilinadi. Qonun loyihasi nafaqat jazoni ötayotgan, balki ozodlikka çiqqan, lekin sudlanganligi haligaça olib taşlanmagan şaxslarga ham tegişli.
Qonun loyihasi Ukrainadagi keng kölamli uruş paytida qabul qilingan qarorlarni de-fakto qonuniylaştiradi. Ilgari mahkumlarga xizmat muddati tugagaç, afv etilişi va’da qilinib, şartnoma böyiça xizmatga jalb qilingan. Buni birinçi bölib «Vagner» XHK, keyin esa Rossiya Mudofaa vazirligi amalga oşirdi.
Rossiya koloniyalaridan qança odam uruşga jalb qilinganligi aniq ma’lum emas. 2022 yil noyabr oyida Federal jazoni ijro etiş xizmati mahbuslar soni ikki oy içida rekord darajada - 23 ming kişiga qisqargani haqida xabar bergan edi. Bir munça vaqt oldin «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun ilgari jalb qilingan 32 ming sobiq mahbus şartnoma muddati tugaganidan keyin Rossiyaga qaytganini aytgandi.














