VoLTE («Voice over LTE» dan qisqartma) – bu 4G LTE tarmoqlarida qönğiroqlarni amalga oşirişga imkon beruvçi texnologiya hisoblanadi.
Köp yillar davomida törtinçi avlod tarmoqlariga faqat yuqori tezlikdagi internet taqdim etuvçi vosita sifatida qarab kelingan. 4Gdan foydalanayotgan paytda qönğiroq bölib qolsa, tarmoq avtomatik ravişda faqat 3G/2G ga ötib qolgan. VoLTE bunday noqulaylikni bartaraf etişga yordam beradi. U qöngiroqlarga ma’lumotlar töplami sifatida işlov beradi va internet-kanallari orqali boğlanişga imkon yaratadi.
VoLTEʼning bir qator ustunliklari bor:
- Qönğiroq qilinayotgan abonent bilan bir zumda boğlaniş. Raqam terib, atigi bir neça soniya içida har qanday abonent bilan tezkor ravişda ulaniş mumkin (unda VoLTE bölmagan taqdirda ham).
- Telefon suhbati paytida öta tiniq ovoz. Bir-biri bilan gaplaşayotgan abonentlar özlarini xuddi hayotda yonma-yon turib suhbat qurayotgandek his qilişadi (ikkala abonentda ham VoLTE işlaşi kerak).
- Qönğiroq paytida mobil internetdan foydalaniş imkoniyati. Şunday vaziyatlar böladiki, telefonda gaplaşayotganda Telegram orqali javob yoziş, elektron poçtani tekşiriş, onlayn öyinni davom ettirib qöyiş kerak böladi. Bularning barçasi VoLTE yordamida işlaydi.
“Mobiuz zamonaviy texnologiyalar va yeçimlarni joriy etişga katta e’tibor qaratmoqda. VoLTEʼni işga tuşiriş – abonentlarimiz uçun qulayliklar yaratiş yölida katta qadam böldi. Biz bu orqali tijoriy maqsadlarni qözlaganimiz yöq, xizmatga ulaniş va undan foydalaniş bepul. Maqsadimiz Mobiuz xizmatlari barça uçun va har bir abonent uçun qulay bölişida. VoLTE çeksiz imkoniyatlarni taqdim etadi”, - deya izoh berdi Mobiuz Boş direktorining marketing va sotuvlar böyiça örinbosari Lola Filatova.
Birinçi bosqiçda VoLTE xizmatidan Toşkent va Samarqand şaharlarida joylaşgan va raqamlari uşbu şaharlardan röyxatdan ötgan abonentlar foydalanişi mumkin. Xizmat Mobiuz mobil ilovasida faollaştiriladi. Qolgan hududlarga VoLTE bosqiçma-bosqiç kiritilib boradi.
Mobiuz barçani VoLTE imkoniyatlarini sinab körişga, “Xotirjam” tarif rejalari bilan çeksiz ijtimoiy tarmoqlar va qönğiroqlardan bahramand bölişga taklif qiladi.
















