“Hisob palatasi faoliyati yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun Hisob palatasi budjet mablağlari ustidan tizimli nazorat örnatiş samaradorligini yanada oşirişga qaratilgan. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi majlisida şu haqda gap bordi.
Qonun bilan davlat budjeti mablağlari maqsadli sarflanişini ta’minlaş va rahbarlarning javobgarligini oşiriş uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimça qoidalar kiritilmoqda.
Budjet taşkilotlarining, budjet mablağlarini oluvçilarning, davlat maqsadli jamğarmalarining hamda belgilangan tartibda taşkil etilgan boşqa jamğarmalarning mol-mulkini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan oz miqdorda talon-toroj qiliş aniqlangan taqdirda Hisob palatasi tomonidan ma’muriy jarimaga tortilişi belgilanmoqda.
Palata faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, har çorakda kamida bir marta öz faoliyati töğrisida jamoatçilik oldida ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida hisobot berib boriş tizimi joriy qilinmoqda.
Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi hamda uning hududiy organlari öz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq fuqarolik sudlariga körib çiqiş uçun berilgan da’volar va şikoyatlar yuzasidan davlat bojini tölaşdan ozod qilinmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi öz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan da’volar, arizalar va şikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda davlat bojini tölaşdan ozod qilinmoqda.

















