2023 yil yanvar-may oylarida Özbekiston va Qozoğiston Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmini qiymat jihatidan sezilarli darajada qisqartirdi. Bu haqda Xitoy Boş bojxona boşqarmasiga tayanib TASS xabar berdi.
Özbek gazining eksporti 60,71 foizga kamayib, 118,63 million dollarni, qozoq gazi eksporti esa 25,4 foizga kamayib, 300,13 million dollarni taşkil qilgan. Gaz ta’minotining fizik hajmi körsatilmagan.
Şu bilan birga, Turkmanistondan gaz eksporti qariyb 13,5 foizga oşib, 4,25 milliard dollarni taşkil etgan. Natijada, bu mamlakat Xitoyga gaz yetkazib beruvçilar orasida birinçi öringa kötarilgan. Ikkinçi örinda Xitoyga 2,81 milliard dollarlik gaz yetkazgan Rossiya joylaşgan bölib, yillik ösiş 2,12 barobar köp.
Uçinçi örindagi Myanma gaz ta’minoti hajmini 23,1 foizga oşirib, 630,53 million dollarga yetkazgan. Undan keyingi örinlarda Qozoğiston va Özbekiston bormoqda.
Sönggi yillarda Özbekiston içki bozorda talab ortib borayotganligi sababli xorijga tabiiy gaz sotişni jiddiy qisqartirdi. 2020 yilda Rossiyaga eksport butunlay töxtatildi va Xitoyga yetkazib beriş hajmi uç baravarga qisqardi. Bir yil avval Rossiya 6,8 milliard kub metr özbek gazini sotib olgan va xarid qiliş böyiça (5,1 milliard) Xitoydan özib ketgan edi.
Hozir Özbekiston gaz importini oşirmoqda. Xususan, 16 iyun kuni Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan yiliga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beriş böyiça ikki yillik şartnoma imzolandi.

















