Qonun bilan Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasini hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasini sudlarga murojaat qiliş çoğida davlat bojini tölaşdan ozod etiş nazarda tutilmoqda.
Amaldagi «Davlat boji töğrisida»gi qonunning 8-, 9- va 10-moddalarida Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi hamda uning hududiy organlari – öz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar körib çiqişi uçun kiritiladigan da’volar yuzasidan davlat bojini tölaşdan ozod qilingan.
Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan birinçi instansiya sudlarining hal qiluv qarorlariga nisbatan beriladigan şikoyatlari amaldagi qonunçilikka muvofiq davlat bojini tölaşdan ozod qilinmagan degan vajlar bilan yuqori instansiya sudlari tomonidan qaytarilişi holatlari yuzaga kelmoqda.
Kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalarga köra, Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi hamda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi va uning hududiy organlari tomonidan fuqarolik işlari böyiça sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlarga da’vo ariza, ariza va şikoyatlar bilan murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinişi nazarda tutilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

















