Payşanba kuni tongda AQŞ sohil qöriqlaş xizmati qutqaruv amaliyotini kengaytirib, unga yana 10 ta kema va bir neça suvosti qayiqlarini qöşdi. Qidiruv işlarida Kanada qutqaruv xizmatlari ham iştirok etmoqda.
«Titan»ni şönğiş joyiga eltgan Polar Prince tadqiqot kemasi u bilan aloqani yakşanba kuni tongda - apparat suvga tuşib, «Titanik» qoldiqlari tomon şönğişni boşlaganidan bir soat-u 45 daqiqa ötganida yöqotgan.
Qidiruv amaliyotini boşqarayotganlarning aytişiça, muvaffaqiyatga erişişdan umid uzişmagan, ammo «Titan»ni aniqlaş böyiça hamon heç qanday ilgarilaş kuzatilmagan.
Avvalroq exolotlar (dengiz çuqurligini elektr akustik usul bilan ölçovçi asbob) suv ostidagi şovqinlar kelayotgan bir qança nuqtalarni qayd etişgan, ammo ulardan birortasidan batiskaf topilmagandi.
Olimlarning sözlariga köra, okean tabiiy tovuşlar bilan töla va bu exolotlar faoliyati samaradorligini pasaytiradi.
Sönggi ikki kunda qutqaruvçilar suv tubini skanerlovçi kameralar bilan jihozlangan boşqaruvçisiz suvosti apparatlariga umid qilgandi.
Suv ostini tadqiq qiluvçi Devid Galloning sözlariga köra, bu bosqiçda «Titan» ekipajini faqat möjiza tufayli qutqariş mumkin. Uning izohlaşiça, yaqin vaqtlar içida apparatni topişsa ham, unga yetib boriş va yuqoriga kötariş bir neça soat vaqt oladi.
Batiskafdagi odamlar

Batiskaf bortida beş kişi bor edi: britaniyalik 58 yoşli biznesmen va tadqiqotçi Hemiş Harding, pokistonlik 48 yoşli biznesmen Şahzoda Dovud va uning 19 yoşli öğli Sulaymon, «Titanik»ka ekspeditsiyalar uyuştiriş bilan şuğullanuvçi OceanGate kompaniyasi direktori, 61 yoşli Stokton Raş, şuningdek, fransiyalik tadqiqotçi, 77 yoşli Pol-Anri Narjole.
Ulardan ikki nafari - Pol-Anri Narjole va Hemiş Harding - ilmiy tadqiqotlarga bağişlangan, bir asrlik tarixga ega bölgan Tadqiqotçilar klubi a’zolari hisoblanadi.
Klub prezidenti Riçard Gerriot ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan postida uning a’zolariga qöllab-quvvatlov va «Titan» ekipajini qutqariş böyiça olib borilayotgan işlar uçun minnatdorçilik bildirgan.
Ayrim ma’lumotlarga köra, Tadqiqotçilar klubi qutqaruv amaliyotiga maksimal darajada kemalar va texnikalar jalb etilişi uçun moliyaviy yordam körsatgan.




















