2023 yil 17 iyun kuni 30 yoşli M.Ş. (ayol) Toşkent şahar Çilonzor tumani IIO FMB boşliğining nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U şu kuni soat 09:00 larda, noma’lum şaxs uning yaşab kelayotgan Toşkent şahri Çilonzor tumani 19-mavzesida joylaşgan xonadoniga erkin ravişda kirib, javon içida bölgan öziga tegişli 6102 AQŞ dollari miqdoridagi naqd pullarni hamda umumiy narxi 3600 AQŞ dollari bölgan 1 dona bilak uzuk va 1 dona tilla uzugini öğirlab ketganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor işlar natijasida, mazkur jinoyatni uşbu xonadonda enaga bölib işlab kelayotgan 36 yoşli R.Z. (ayol) 16 iyun kuni xonadonda heç kim bölmaganidan foydalanib, xonadon egasining yotoqxonasida joylaşgan javon içida bölgan pullarini va tilla taqinçoqlarini öğirlagani aniqlangan. Tergov jarayonida undan aşyoviy dalil tariqasida jabrlanuvçiga tegişli bölgan taqinçoqlari, 2500 AQŞ dollari rasmiylaştirib olingan.
Bundan taşqari, ayol öğirlangan pul mablağlarining bir qismini, ya’ni 22,7 mln pullarni milliy valutaga aylantirib, özining bank plastik kartasiga tuşirib olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan R.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi böyiça R.Z. ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












