Yevropaning köplab klublari kamtarona hayot tarzini davom ettirayotgan mahalda, Angliyada şov-şuvli transferlarni amalga oşirişda davom etişmoqda. Köplab kelişuvlar röy berib böldi. Masalan, «Çelsi» «RB Leypsig» hujumçisi Kristofer Nkunku transferini e’lon qildi. «Liverpul» «Brayton»dan argentinalik havbek Aleksis Mak Allisterni sotib oldi. Jyeyms Milner erkin agent maqomida qarama-qarşi yönalişda harakatlandi. «Aston Villa» «Lester» bilan şartnomasi muddati tugagan Yuri Tilemansni öz safiga qöşib oldi.
Yozning katta qismi hali oldinda va katta ehtimol bilan yana köplab katta transferlar amalga oşiriladi. Insayderlar (jumladan Fabritsio Romano va Devid Ornşteyn) ma’lumotiga köra, keyingi beş yirik transfer APLning içki bozorida amalga oşiriladi. Öz özidan aksar holatlar «Çelsi» öz futbolçilarini sotişi bilan boğliq, çunki bu klubda futbolçilar haddan taşqari köpayib ketgan (qolaversa, londonliklar yangi xaridlarni amalga oşirişda davom etmoqda).
Mateo Kovaçiç, 29 yoş
«Çelsi» → «Mançester Siti»

Xorvatiyalik yarimhimoyaçi «Çelsi»da beş mavsum ötkazdi, ammo endi klubda sotuv davri boşlandi. Yangilanayotgan jamoada Kovaçiç ketişi kerak bölgan futbolçilar qatorida. Qolaversa, uning şartnomasi keyingi yil yozida tugaydi va klub uni bu yil 30-35 mln funtga sotib qoliş imkoniyatidan foydalanişi kerak. Katta ehtimol bilan Mateo «Siti»ga ötadi, klub va havbek ikki hafta oldinroq kelişuvga erişgani aytilmoqda.
Xabarlarga köra, klublar örtasida ham barça masala hal bölgan va futbolçi tibbiy körikdan ötsa bas. «Siti» aynan maydon markazini kuçaytirişga ehtiyoj sezmoqda, ötgan mavsumda bu joyda Rodri, Ilkay Gundöğan va Kevin De Bryuyne deyarli rotatsiyasiz öynadi. Bernardu Silva ham bor, ammo u köpinça hujum uçligida harakatlanadi. Bu pozitsiyaga futbolçilar yetarli emasligi tufayli markaziy himoyaçi Jon Stounz ham tayanç yarimhimoyasiga çiqib öynaşiga töğri keldi. Gundöğanning şartnomasi yakunlanib, «Barselona»ga yöl olayotgani tufayli bu zonaga yana bir futbolçi olib keliş şunçaki zaruriyat.
Meyson Maunt, 24 yoş
«Çelsi» → «Mançester Yunayted»





















