Twitter egasi Ilon Mask Facebook va Instagram xöjayini Mark Tsukerberg bilan ringda jang qilişga tayyorligini aytdi. U raqibni jang qiliş uçun joy tanlaşga taklif qilib, çaqiruvni qabul qildi. Milliarderlar bir neça yillardan buyon janjallaşib kelmoqda. 

The Insider xabariga köra, hammasi Twitter foydalanuvçilaridan birining xabaridan keyin boşlandi. U Tsukerbergga tegişli Meta kompaniyasi yangi ijtimoiy tarmoq – Twitter raqobatçisini işga tuşiriş rejaci haqida yozdi. Mask bunga istehzo bilan izoh qoldirdi. 

«Işonçim komilki, Yer kurrasi Tsukerbergning oyoği ostiga tuşib qolişni intiqlik bilan kutmoqda, bundan boşqa iloji yöq», deb yozdi Mask. 

Foydalanuvçilardan biri bunga şunday javob berdi: «Ehtiyot böling, men u [Tsukerberg] hozir jiu-jitsu bilan şuğullanayotganini eşitdim». 

Mask bunga javoban: «Agar u tayyor bölsa, men ringdagi jangga tayyorman», deb yozdi. 

Tsukerberg bu çaqiruvga Instagram ijtimoiy tarmoğida javob qaytardi: «Qayerda jang qiliş kerakligini yozib yubor». 

Mask Las-Vegasdagi UFC çempionati öyinlari ötkaziladigan Vegas Octagon arenasini taklif qildi. 

Mark Tsukerberg 39 yoşda, u jang san’ati bilan jiddiy şuğullanadi, xususan, may oyida jiu-jitsu turnirida ikkita medalni qölga kiritdi. 

Ilon Mask iyun oyi oxirida 52 yoşga töladi. Özining sözlariga köra, uning sport maşğulotlari asosan bolalarini dast kötarib, osmonga otiş bilan çeklanadi. Mask, şuningdek, özining sevimli harakati «morj» deb atalişini aytdi: «Men şunçaki raqibimning ustiga yotib olib, heç narsa qilmayman». 

Mask va Tsukerberg 2016 yildan beri bir-birini oçiq tanqid qilib kelmoqda. Şu vaqtda Tsukerberg SpaceX raketasining portlaşi Facebook kompaniyasiga tegişli sun’iy yöldoşni yöq qilganidan ğazablangan edi. Mask SpaceX asosçisi hisoblanadi. 

Oradan bir yil ötib Tsukerberg Maskning sun’iy intellekt rivojlanişi bilan boğliq xavflar haqida ogohlantiruvçi bayonotlarini «mas’uliyatsizlik» deb atadi. Maskning ta’kidlaşiça, Tsukerberg muhokama qilinayotgan mavzuni «tor doirada» tuşunadi xolos. 

2017 yilda Mask SpaceX va Tesla kompaniyalari sahifalarini Facebook tarmoğidan öçirib taşladi. 2020 yilda esa Tsukerbergning qölida haddan taşqari köp kuç töplangani haqidagi tezisga qöşilib, barçani uşbu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni öçirib yuborişga çaqirdi.