Ukrainaning «Naftogaz» davlat neft kompaniyasi anneksiya qilingan Qrimdagi aktivlari uçun 5 milliard dollar tovon puli talab qilib, Rossiyaga qarşi AQŞ sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi 23 iyun, juma kuni.

Da’vo Kolumbiya okrugidagi sudga berilgan. «Naftogaz»ga köra, u Amerika sudiga murojaat qilgan, çunki AQŞ Rossiya aktivlarini joylaştirgan davlatlardan biri hisoblanadi. Gap Haaga arbitraj sudi tomonidan aprel oyida Ukraina kompaniyasiga Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi «Naftogaz» aktivlari noqonuniy ekspropriatsiyasi uçun berilgan kompensatsiya haqida bormoqda. 

Ukraina kompaniyasi, agar Rossiya hukumati arbitraj qarorini ixtiyoriy ravişda ijro etişdan boş torsa, 1958 yildagi Nyu-York konvensiyasiga köra, «Naftogaz» sud qarorini ijro etiş jarayonini Rossiya aktivlari joylaşgan mamlakatlarda boşlaş huquqiga ega ekanini bildirdi. 

«Naftogaz» Qrimda joylaşgan va 2016 yilda yarimorol anneksiya qilinganidan keyin olib qöyilgan aktivlari yuzasidan sud işlarini boşlagan. 2019 yil fevral oyida sud «Naftogaz» foydasiga qaror çiqardi, şundan söng tovon miqdorini aniqlaş böyiça sud majlislari bir neça yil davom etdi. Rossiya «Naftogaz» va Qrimdagi aktivlarini yöqotgan boşqa kompaniyalarning da’volarini rad etadi.