Quyoş nuri ostida uzoq vaqt böliş turli kasalliklarni keltirib çiqarişi mumkin. Xususan, mutaxassislar jazirama kunlarda quyoş nuri tufayli insonlarda turli allergik reaksiyalar paydo bölişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazining ma’lum qilişiça, terining quyoş nuriga sezgirligi oşişi natijasida yuzaga keladigan kasallik fotodermatoz deb ataladi. Statistik ma’lumotlarga köra, bu xastalik dunyo aholisining taxminan 20 foizida uçraydi.
— Quyoş nurining özi allergen hisoblanmaydi, — dedi markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. — Biroq ultrabinafşa nurlaniş teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan özaro ta’sirga kirişganda, allergik reaksiya paydo bölişi mumkin.
Oqibatda kökrakning yuqori qismi, böyin, qöl sohalarida pufakça, qavariq, qizil doğ, kuyiş körinişidagi turli toşmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanişi, qiçişişi va şişlar ham kuzatiladi. Toşmalar jazirama ta’sir qila boşlagan ilk soatlardan to hafta davomigaça hosil böladi. Köpinça fotodermatoz belgilari muolajalardan söng yöqolib ketadi. Ammo bu holat insonni umr böyi ta’qib qilişi ehtimoli ham bor.
Xöş, bunday vaziyatda nimalarga alohida e’tibor qaratiş lozim?
Avvalo, soat 10:00 dan 15:00 gaça soya-salqin joylarda böliş tavsiya etiladi. Imkon qadar yopiqroq kiyiniş kerak. Sezuvçan teri uçun möljallangan quyoş nuriga qarşi kremlardan foydalaniş maqsadga muvofiq.
Ba’zi dorilar fotodermatozni keltirib çiqarişi yoki xastalikni kuçaytirişi mumkin. Şu bois preparatning qöllaş körsatmalarini diqqat bilan öqiş yoki şifokor bilan maslahatlaşiş kerak.
Atopik dermatitni davolaşda qöllaniladigan Elidel yoki Protopik surtmalaridan foydalanayotgan bemorlarga quyoşda yuriş taqiqlanadi. Yoki bu vositalarni tuşdan söng oqşomga qadar işlatgan ma’qul.
Şuningdek, Eritromitsin, Tetrasiklin va Streptomitsin kabi dorilar ultrafinafşa nurlarini kuçli tortib oliş xususiyatiga ega. Uşbu malhamlarni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlar issiq kunlarda kunduzi köçaga çiqişi mumkin emas.

















