O‘zbekiston | 09:23 / 24.06.2023
4993
2 daqiqa o‘qiladi

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 600 mlrd so‘m ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistondagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Qaror bilan tasdiqlanadigan nizom bandlari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot muassasalariga O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun bemorlarni yo‘llash va tibbiyot muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 600 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘larini samarali taqsimlanadi.

Bundan tashqari, respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari tibbiy tanlov komissiyalari tomonidan ikki ish kuni mobaynida bemor haqidagi ma’lumotlar o‘rganilib, tibbiy tanlov komissiyasi raisi xulosasiga binoan bemorning tibbiyot muassasasiga qabul qilish sanasi hamda tashxislash va davolash standartlariga asoslangan tibbiy xizmatlar paketi belgilangan holda viloyat tibbiyot tashkilotlariga yuborilishi hamda viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan bemorga tibbiy xizmat qiymati ko‘rsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanmalarni berilishi belgilanadi.

Mavzuga oid