Yevgeniy Prigojin boşlagan harbiy isyon postanovka bölib çiqmadi. Rostov oblasti «Vagner» nazoratiga ötgani aytilmoqda. 24 iyun kuni şahar markazi Yevgeniy Prigojinga böysunuvçi harbiylar nazoratiga ötdi. Mahalliy naşrlar yozişiça, Prigojinning askarlari Janubiy harbiy okrug ştabi, şahar administratsiyasi, FXX va IIB binosini egallagan.

Prigojin videoda aytişiça, ştabga borgaç frontda rossiyalik harbiylar yuqoriga beriladigan hisobotlarda qayd etilganidan 3-4 baravar köproq ölayotganini aniqlagan. Bu raqamlar televizorda aytilganidan 10 baravar köp ekanini aytib, yöqotişlar (ölgan, yaralangan, bedarak yöqolganlar va uruşişni istamayotganlar) soni kuniga ming nafarga yetişini ta’kidlagan.

Rostov «Vagner» nazoratida

Prigojin Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari nazorat qilinadigan Rostovdagi ştabdan turib video e’lon qildi va şahardagi barça obektlar, xususan, aerodrom egallanganini aytdi. Rostov markazida qurolli harbiylar, tanklar joylaştirildi. Oblast gubernatori Vasiliy Golubev rostovliklardan uyda qolişni va şahar markaziga bormaslikni söradi.

«Vagner» asosçisi Rostovdagi Janubiy harbiy okrugda Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Yunus-Bek Yevkurov va Boş ştab rahbari örinbosari Vladimir Alekseyev bilan gaplaşib turgani tasvirlangan video ham tarqaldi. «Biz ştab boşliği va Şoyguni olişni xohlaymiz. Ular yöq ekan, Rostovni bloklaymiz va Moskva tomon yölga çiqamiz», degan videoda Prigojin. Uning Şoygu va Gerasimovni olişni istayogani haqidagi gapiga Gerasimovning örinbosari Alekseyev kulib «Olinglar» deya javob bergan.

Suhbat davomida Prigojin ikki yuqori martabali harbiyni oçiqçasiga mensimay gaplaşgan. U Şoyguning örinbosari Yevkurovga «Kimsan men bilan sensirab gaplaşadigan», deb döq qilgan. Inguşetiyalik general-polkovnik esa bunga javoban heç nima deya olmagan va ğöldirab qöygan, xolos.

Bu video e’lon qilinişidan bir neça soat avval Vladimir Alekseyev Prigojinning harakatlari «prezidentga orqadan zarba» va «davlat töntarişiga uriniş» ekanini aytib, vagnerçilarni «aqlli böliş»ga çaqirgandi. Xuddi şu mazmundagi videomurojaat Ukrainadagi Rossiya qöşinlarini 4 oy davomida boşqargan general Sergey Surovikin tomonidan ham e’lon qilingandi. Surovikin va Prigojin juda yaxşi munosabatda edi, öq-dori bilan boğliq muammo paydo bölganda aynan u «Vagner» hamda mudofaa vazirligi örtasida vositaçi bölgandi.

Rasmiy bayonotlar

Voronej oblasti hukumati M-4 «Don» trassasidan Voronej tomonga harbiy kolonna harakatlanayotganini ma’lum qildi.