Özbekiston elçixonasi xodimlari Şvetsiya Milliy savdo kengaşi departamenti rahbari Maykl Kox bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi. Şvetsiya tomoni Özbekistonda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, iqtisodiy sohadagi özgarişlar bilan taniştirildi. Mamlakatdagi eksport nazorati tizimi va taşqi bozorlarni diversifikatsiya qiliş böyiça körilayotgan sa’y-harakatlar alohida ta’kidlandi.
Muzokaralar natijasida Şvetsiya Milliy savdo kengaşi kömagida şved kompaniyalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş böyiça uçraşuvlar taşkil etiş va ularni Özbekistondagi iqtisodiy loyihalarga jalb qiliş töğrisida kelişib olindi.
Şvetsiya Milliy savdo kengaşi Taşqi işlar vazirligiga böysunuvçi davlat agentligi bölib, 1651 yilda taşkil etilgan. Kengaş taşqi savdo, içki bozor va savdo siyosati bilan şuğullanadi, Şvetsiya hukumatiga soha böyiça tahlil va tavsiyalar berib boradi.















