1953 yilda Stalin vafotidan söng köp ötmay hokimiyat tizginini qölga olgan Xruşçyov içki va taşqi siyosatda ança nönoqligini körsatib qöyadi. Biroq ortga yöl yöq va 31 yil davomida xalqni ezib kelgan Stalinizmga qaytib bölmasdi.

Şu sababli u eng avval Gruziyada Stalin tarafdorlari boşlagan namoyişni ayovsiz bostiradi. U 1956 yilda avval Polşada söng Vengriyada kommunistik tuzumga qarşi boşlangan namoyişlarni ham tor-mor etadi.

Stalindan söng mamlakatni 10 yil boşqargan Nikita Xruşçyov özining ğalati işlari va xarakteri bilan ajralib turgan.

Masalan, u makkajöxori sötasini juda yoqtirgan. Buning ham öz tarixi bor, sovet rahbari 1959 yilda AQŞga borganida amerikalik fermerlardan birining dalasiga borib makkajöxoridan yuqori hosil olinayotganini köradi. Söng SSSRda barça joyda makkajöxori ekişni buyuradi.

Xruşçyov makkajöxori sötasi bilan
www.ej.ru

Zamondoşlarning eslaşiça öşa paytda Kremldagi qabullar uyida hamma yoqqa makkajöxori bilan bezak berişgan. Yuqori martabali mehmonlarga ziyofat berilganda stolning örtasiga makkajöxori qöyilgan.

Xruşçyovni maşhur qilgan yana bir iş uning beş qavatli panel uylar qurdirişi bölgan. Bugun bunday uylar sobiq ittifoqning barça respublikalarida saqlanib qolmoqda.

Öşanda Xruşçyov iqtisodiy tejamkorlik haqida gapirib, beş qavatli uylarga lift kerak bölmasligini, tepa qavatlarga suv çiqariş osonligini aytib, baland uylar quriş taklifiga rad javobini beradi. Bunday panel uylar öşandan buyon «xruşçyovka» deb ataladi.

Xruşçyov boşqa rahbarlardan farqli ravişda umuman mast qiluvçi içimliklarni içmagan va çekmagan. Biroq juda tez asabiylaşgan va bunday paytlarda özini nazorat qila olmay quyuşqondan çiqib turgan.

Jumladan, u turli minbarlardan turib nutq sözlayotganida öng qölini muşt qilib tepaga kötarib, biroz jazava bilan gapirgan. Tez-tez minbarni yoki stolni muştlab turgan.