“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunda erkaklar 60 yoşga, ayollar 55 yoşga tölganda, ularga töliq pensiya tayinlanişi belgilangan. Fuqaroning mehnat staji kamida 7 yil bölganda unga töliqsiz yoşga doir pensiya tayinlanadi.

Pensiya jamğarmasi qonunçilikda işsiz fuqarolar uçun pensiya tayinlaş tartibi qanday bölişi haqida ma’lumot berdi.

“Işsiz fuqarolar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 4742-sonli qarorda belgilangan 78 turdagi mehnat faoliyati bilan şuğullansa hamda örnatilgan tartibda özini-özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, kamida bazaviy hisoblaşning bir barobari (330 ming söm) miqdorida ijtimoiy soliq tölovini tölasa, 1 yil mehnat stajiga ega böladi”, deyiladi Pensiya jamğarmasi xabarida.

Demak, işsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamğarmasiga ijtimoiy soliq tölovini amalga oşirsa, pensiya oliş huquqiga ega böladi.

 Hozirgi kunda, iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 535 ming sömni taşkil etadi. Pensiya miqdori iş haqi va iş stajiga boğliq. Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qança köp tölasa, pensiya miqdori ham şunça yuqori böladi.