M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Ğallaorol tumanidan ötgan qismida maşina urib yuborgan 15 yoşli ösmir halok bölgan.
“Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsoin dasturida berilgan lavhada aytilişiça, hodisa 2023 yil 22 iyun kuni soat 21:15 larda sodir bölgan.
Ma’lum bölişiça, YTH sodir bölgan joyda yöl çetida yoritiş tizimi örnatilgan. Biroq yil boşidagi anomal sovuqdan keyin unga elektr energiyasi beriş töxtatilgan.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boşliği Oybek Sultonov çiroqlar yonmasligiga texnik kamçiliklar sabab bölayotganini aytgan.
Biroq Ğallaorol tuman obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Ğulom Oqmirzayev anomal sovuq paytida elektrni tejaş uçun yoritiş tizimi öçirilganini va öşandan buyon çiroqlar yoqilmasligini, hokimiyat ruxsat bersa yoqilişini aytgan.
Tuman hokimligi quriliş bölimi mutaxassisi Sahob Ermanov uning sözlarini rad etib, hokimiyatdan energiyani tejaş uçun çiroq öçiriş haqida buyruq berilmaganini va işçi guruh tuzib masalani örganişini ma’lum qilgan.
Qayd etilişiça, YTH sodir bölgan joy Ğallaorol şahar hududiga kiradi va şu joyda yölning 8 kilometr qismi yoritilmaydi. 2023 yilning özida yölning şu qismida 12 ta YTH sodir bölgan.

















