Özbekistonda kambağallik darajasi rasman minimal iste’mol xarajatlari (MIX) bilan ölçanadi.

MIXni aniqlaş tartibi 2021 yil 27 avgustdagi hukumat qarorida belgilangan. Unga köra, Statistika agentligi minimal iste’mol xarajatlari va kambağallik darajasini hisobot yilidagi inflatsiya darajasidan kelib çiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib borişi kerak.

Oxirgi marta MIX 2022 yil yanvarda 498 ming söm etib belgilangandi. Şundan beri ötgan 18 oyda yiğilgan inflatsiya ijtimoiy tölovlarga indeksatsiya qilinib, minimal iste’mol xarajatlari miqdori yangilangani yöq.

Statagentlik axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, yaqin kunlarda MIXning yangilangan miqdori e’lon qilinadi. Agentlik rasmiysi nima sababdan şu paytgaça yangi miqdor e’lon qilinmagani haqidagi savolni oçiq qoldirdi.

Avvalroq, mamlakatdagi kambağallik darajasi 17 foizdan 14 foizga pasaygani e’lon qilingandi. Kambağallik çegarasini belgilaşda rasman minimal iste’mol xarajatlari ölçov sifatida olinişini hisobga olsak, bu statistik raqamlarni şakllantirişda bir yil oldingi 498 ming sömlik miqdor bilan hisob-kitob qiliganmi yoki taxminiy yangi miqdor olinganmi, bu noma’lum.

Minimal iste’mol xarajatlari miqdorining ahamiyati nimada?

Minimal iste’mol xarajatlari – moddiy va boşqa ijtimoiy yordamga muhtoj aholining maqsadli guruhini aniqlaş mezoni hisoblanadi. MIX orqali kambağallik çegarasi belgilanadi. Moddiy imkoniyati şu çegaraga yetmagan yoki undan past oilalariga davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy kömak beriladi.

Masalan, 4 kişidan iborat oilaning bir oylik xarajatlari 1 mln 992 ming (2022 yilning 1 yanvar holatiga) sömdan kam bölsa, bu oilaning xarajatlarini 1 mln 992 ming söm miqdoriga yetkazişni davlat zimmasiga olgan.

Özbekiston Konstitutsiyasining 46-moddasiga asosan, pensiyalar, nafaqalar va boşqa turdagi ijtimoiy yordam turlarining miqdori rasman belgilab qöyilgan minimal iste’mol xarajatlaridan oz bölişi mumkin emas.

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari körsatkiçidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: