Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda jahondagi afyunning 80 foizi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan - BMT
Shuningdek, mamlakat aholisining deyarli 10 foizi giyohvand moddalarni iste’mol qiladi.
Foto: Getty Images
Afg‘oniston o‘tgan yili jahondagi afyunning 80 foizini ishlab chiqardi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC) hisobotiga tayanib, TOLOnews xabar berdi.
Biroq, 2021 yil avgustidan buyon Afg‘onistonda hokimiyatni nazorat qilib kelayotgan «Tolibon» radikal harakatining rasmiy vakili Zabiulloh Mujohid mamlakatda ko‘knori yetishtirilmasligini aytdi.
«Mana ikki yildan beri ko‘knori yetishtirish taqiqlangan. Ishonchim komilki, afyunning bir foizi ham ishlab chiqarilmagan, agar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yo‘q qilingan. Bu 2023 yilda Afg‘onistonni ko‘knori yetishtirishdan butunlay tozalaganimizni anglatadi... BMT bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», dedi u.
UNODC tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, Afg‘onistonda 3,5 millionga yaqin odam giyohvand moddalarni iste’mol qiladi, bu umumiy aholining deyarli 10 foizini tashkil qiladi.
BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 2021 yilga nisbatan 32 foizga oshib, 233 ming gektarni tashkil qilgan.
Asosiy ekin maydonlari (73 foizi) Afg‘onistonning janubi-g‘arbiy viloyatlarida bo‘lib, u yerda hosildorlikning eng katta o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Hilmand viloyatida ekin maydonlarining beshdan bir qismi ko‘knori yetishtirishga ajratilgan.
Mavzuga oid
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
20:27 / 02.12.2025