Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Vaşingtonga taşrif buyurdi va AQŞdagi hukumat rasmiylari hamda yetakçi Amerika kompaniyalari vakillari hamda rahbarlari bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, AQŞ davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça yordamçisi Donald Lu, AQŞ savdo vazirining örinbosari Alan Esteves, AQŞ savdo vakili örinbosari Sara Byanki, AQŞ-Özbekiston Savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boşqa rasmiylar bilan muzokaralar bölib ötdi.
AQŞ davlat kotibi yordamçisi Donald Lu bilan uçraşuv davomida Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Amerika tomoni yirik loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutgan holda hamkorlikni davom ettirişga tayyor ekanini e’tirof etdi.
Suhbat çoğida savdo va investitsiyaviy hamkorlikning hozirgi holati körib çiqildi. Bu yönalişlarda tomonlar munosabatlarni kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga (JST) a’zo bölişi jarayonining tezlaştiriş doirasida hamkorlikni rivojlantirişga kelişdi.
AQŞ savdo vaziri örinbosari, Sanoat va xavfsizlik byurosi rahbari Alan Esteves bilan suhbat davomida, savdo oqimlarini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşinildi. Amerika tomoni Özbekistonning taşqi savdo jarayonlarining samaradorligini oşiriş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Samarali hamkorlikni kengaytiriş va özaro savdo hajmini köpaytiriş maqsadida qöşma işçi guruh şaklantiriş, Özbekistondagi vazirliklar, idoralar, tijorat banklari vakillari malakasini oşiriş uçun treninglar taşkil etiş muhimligi aytib ötildi.
AQŞ savdo vakili örinbosari Sara Byanki bilan muloqotda Özbekiston sarmoyaviy jozibadorligini mustahkamlaş, savdo tösiqlarini bartaraf etiş hamda savdo operatsiyalarini yanada osonlaştiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuvda Özbekistonda energetika, maşinasozlik, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va boşqa sohalarda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirayotgan AQŞ kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyati alohida ta’kidlandi.
Özaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş böyiça navbatdagi amaliy tadbirlarni belgilaş maqsadida bir qator qöşimça uçraşuv va muzokaralar ötkazişga kelişib olindi.

















