2023 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston importida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinçi örinni egalladi. Uşbu davlatdan 3,7 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, keyingi örinlardan 2,8 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,4 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozoğiston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi: 

—  Koreya – 1 mlrd;
—  Germaniya – 862 mln;
—  Turkiya – 749 mln;
—  Braziliya – 311 mln;
—  Turkmaniston – 299 mln;
—  Litva – 268 mln;
—  Hindiston – 216 mln AQŞ dollari.

Avvalroq 2023 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar töğrisida ma’lumot berilgandi.

Körsatilgan davrda Özbekiston eksportida eng yuqori körsatkiç Rossiya bilan qayd etilgan – 986,3 mln dollar.

Undan keyingi örinlardan mos ravişda 823 mln hamda 576,7 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozoğiston joy oldi.