Putin «vagnerchilar»ni Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga yoki Belarusga ketishga chaqirdi
Putin yana bir bor favqulodda murojaat bilan chiqdi. U o‘zining Rossiyada «katta qon to‘kilmagani»dagi xizmatini e’tirof etdi.

Foto: Kremlin.ru
26 iyun kuni kechqurun Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaat qilib, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan qurolli isyonga izoh berdi.
Murojaat chog‘ida Putin «Vagner» jangchilaridan qora niyatda foydalanishga harakat qilganliklarini aytdi. Rossiya prezidenti «vagnerchilar»ga Mudofaa vazirligi yoki boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan shartnoma imzolashni, o‘z oilalariga qaytishni yoki Belarusga ketishni taklif qildi.
«Kim xohlasa, Belarusga ketishi mumkin. Men bergan va’da amalga oshadi. Takror aytaman, tanlov sizniki, ammo bu o‘z fojiali xatosini tushungan rossiyalik askarlarning tanlovi bo‘lishiga ishonaman», dedi Putin.
Murojaat chog‘ida Rossiya prezidenti isyon tashkilotchilari o‘z vataniga, xalqiga va «jinoyatga jalb qilinganlar»ga xiyonat etganini ta’kidladi. «Qurolli isyon har qanday holatda ham bostirilgan bo‘lardi. Qo‘zg‘olon tashkilotchilari, adekvatligini yo‘qotgan bo‘lsalar ham, buni tushunmay qolishdi», dedi Putin.
Shuningdek, u murojaat chog‘ida «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin nomini tilga olmadi.
Prezident nutqi davomida Rossiya harbiylari, huquq-tartibot va maxsus xizmat xodimlariga minnatdorlik bildirdi. «Halok bo‘lgan qahramon uchuvchilarning jasorati va fidoyiligi Rossiyani fojiali halokatli oqibatlardan qutqardi», deb qo‘shimcha qildi Putin.
Rossiya prezidenti murojaati besh daqiqadan sal ko‘proq davom etdi. Avvalroq, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu nutqni e’lon qilar ekan, «bu bayonotlar, mubolag‘asiz, Rossiya taqdirini belgilab beradi», degan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
Mavzuga oid

23:27 / 05.06.2025
Rossiyada ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirganlarni qamash boshlanadi

20:36 / 05.06.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

19:32 / 05.06.2025
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi

18:23 / 05.06.2025