Soat 13:00 va 14:00 orasida quyoş ultrabinafşa nurlari 12 ballik tizimda 11 ballik darajaga yetadi.

Bu kabi noqulay ob-havo şaroitida terining quyoş nuriga sezgirligi oşişi natijasida fotodermatit kasalligi yuzaga kelişi mumkin. Oqibatda kökrakning yuqori qismi, böyin, qöl sohalarida pufakça, qavariq, qizil doğ va turli toşmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanişi, qiçişişi va şişlar kuzatiladi.

Közning şilliq qavatiga ultrabinafşa nurlarining ta’siri kon’yunktivit va keratit, ya’ni şohpardaning yalliğlanişini ham keltirib çiqaradi.

Bundan taşqari, nurlaniş indeksi yuqori bölgan vaqtda oçiq havoda uzoq vaqt yuriş saraton kasalligiga moyillikni oşirib, immunitetni pasaytiradi.

Bunday kunlarda soat 11:00 dan 16:00 gaça quyoş nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tuğilsa, boş kiyim kiyiş yoki soyabon tutiş, közoynak taqiş va imkon qadar yopiq liboslar kiyiş tavsiya etiladi.