Nurlaniş qoq tuş payti maksimal darajaga yaqinlaşib, uning indeksi 12 balli şkalada 10 ball bölişi, soat 14:00 da 9, 15:00 da 7 va 16:00 da 5 darajaga tuşişi qayd etilgan.

Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi ma’lum qilişiça, bunday paytda quyoş nuri allergik reaksiyalar keltirib çiqarişidan ehtiyot böliş lozim.

Xususan, bu kabi noqulay ob-havo şaroitida terining quyoş nuriga sezgirligi oşişi natijasida fotodermatit kasalligi yuzaga kelişi mumkin.

— Quyoş nurining özi allergen hisoblanmaydi, — deydi markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. — Biroq ultrabinafşa nurlaniş teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan özaro ta’sirga kirişganda, allergik reaksiya paydo bölişi mumkin.

Oqibatda kökrakning yuqori qismi, böyin, qöl sohalarida pufakça, qavariq, qizil doğ va turli toşmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanişi, qiçişişi va şişlar kuzatiladi.

Qolaversa, közning şilliq qavatiga ultrabinafşa nurlarining ta’siri kon’yunktivit va keratit, ya’ni şohpardaning yalliğlanişini ham keltirib çiqaradi.

— Bunday yalliğlaniş zararli nur ta’siridan bir neça soat ötgaç paydo bölib, ikkisi ham oğriqli keçadi, — deydi Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi boş şifokori Otabek Ikromov. — Şu bilan birga, ultrafinafşa nurlar kataraktaning rivojlanişiga ham sabab böladi.

Bundan taşqari, nurlaniş indeksi yuqori bölgan vaqtda oçiq havoda uzoq vaqt yuriş saraton kasalligiga moyillikni oşirib, immunitetni pasaytiradi.

Bunday kunlarda soat 11:00 dan 16:00 gaça quyoş nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tuğilsa, boş kiyim kiyiş yoki soyabon tutiş, közoynak taqiş va imkon qadar yopiq liboslar kiyiş tavsiya etiladi.