Xitoyning Syamin portidan Özbekistonga birinçi konteyner poyezdi harakati yölga qöyildi. Bu haqda «Öztemiryölkonteyner» AJ xabar berdi.

Qayd qilinişiça, tarkibida maişiy texnika yuki (muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, gaz plitasi) bölgan  konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Eronning Bandar-Abbos portiga keltiriladi. Söngra, yuklar temiryöl orqali Turkmanistongaça, u yerdan Toşkentning Sergeli stansiyasigaça yetkaziladi.

39 ta 40 futlik konteynerlardan taşkil topgan blok poyezdi Erondan Özbekistonga 14 kunda yetib kelişi belgilangan.