Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 iyun kuni kutilmaganda Kremldagi Granovitaya palata ayvonida harbiylar qarşisida çiqiş qildi. Uning sözlariga köra, harbiylar «xaos keltirib çiqarişi muqarrar bölgan ğalayonga qarşi turib, amalda Rossiyadagi fuqarolik uruşini töxtatgan».
Şuningdek, prezident isyon vaqtida halok bölgan uçuvçilar xotirasiga bir daqiqa sukut saqladi. Lekin Putin ularni aynan kim öldirganini tilga olmadi. U Yevgeniy Prigojinning ham nomini keltirmagan — bungaça isyon borasida qilgan barça çiqişlarida bölgani kabi.
«Meduza» Putinning çiqişi matnini töliq keltirdi.
Hurmatli örtoqlar!
Bugun, şu yerda, Moskva Kremlining tarixiy Sobor maydonida, Rossiya qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari, Rosgvardiya, FXX, IIV, FQX xodimlari — soldatloar va ofitserlar, mamlakat uçun oğir pallalarda quroldoşlari bilan birgalikda muqarrar xaosga eltadigan ğalayonga qarşi turgan Vatanning haqiqiy himoyaçilari yiğilgan.
Siz konstitutsiyaviy tartibni, fuqarolarimizning xavfsizligi va erkinligini himoya qildingiz, Vatanimizni larzalardan saqladingiz, amalda fuqarolik uruşini töxtatdingiz.
Siz qiyin vaziyatda aniq va ahillik bilan harakat qildingiz, öz işingiz bilan Rossiya xalqiga va harbiy qasamyodga sodiqligingizni isbotladingiz, Vatan taqdiri va uning kelajagi uçun mas’uliyatingizni namoyon etdingiz.
Mudofaa vazirligi qismlari, rosgvardiyaçilar, IIV xodimlari va maxsus xizmatlar xodimlari eng muhim boşqaruv markazlari, strategik, jumladan mudofaa obektlarining işonçli işlaşi, çegaraoldi hududlari xavfsizligi, qurolli kuçlarimiz, ayni vaqtda frontda qahramonlarça kuraş olib borayotgan barça jangovar tuzilmalarimizning orqa çiziği mustahkamligini ta’minlaşdi. Biz maxsus harbiy amaliyot hududidan jangovar bölinmalarni olib kelişimizga hojat bölmadi.
Isyonçilarga qarşi turişda bizning jangovar quroldoşlarimiz — uçuvçilar halok bölişdi. Ular qörqmasdan va şaraf bilan buyruqni va öz harbiy burçini bajardi. Ularning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlaşingizni sörayman.


















