Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi
Hukumat qarori bilan “Yosh chegarachilar” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga ko‘ra, chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi.
Klub maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ramziy bayrog‘i, vimpeli va shioriga ega bo‘ladi.
Klub a’zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari, o‘z xohishiga ko‘ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi. Klubga qabul qilish uchun a’zolik badali yoki boshqa to‘lovlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qaror bilan shuningdek, “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, “Yosh chegarachilar” klublarining chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi (10–11-sinf) a’zolari o‘rtasida quyidagi 3 bosqichli musobaqalar o‘tkaziladi: tuman (shahar) bosqichi – mart-aprel oylarida; viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bosqichi – aprel oyining uchinchi o‘n kunligida; respublika bosqichi – may oyining ikkinchi o‘n kunligida.
Musobaqada ishtirok etuvchi jamoa o‘quv yilining boshida klubning musobaqa shartlari bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatayotgan 10 nafar a’zosidan (8 nafar o‘g‘il, 2 nafar qiz) iborat tarkibda tuziladi. Musobaqaning har bir bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar diplom, kubok va sovg‘alar bilan mukofotlanadi.
Mavzuga oid
14:48 / 10.04.2025
Dominikanda tom qulashi oqibatida 180 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
08:00 / 28.05.2022
684 nafar yoshlardan iborat «Kelajak liderlari» klublari tashkil etildi
09:36 / 22.01.2020
O‘zbekiston hukumati futbol klublariga aloqador yangi qaror qabul qiladi
18:15 / 26.02.2019