Uruş şunday jirkançki, u insonning jismi, moddiyatinigina emas, ruhi, ma’naviyatini ham halokatga uçratadi. Öz asoratlari bilan uzoq yillar butun boşli avlodlarning kelajagi, yaşaş tarzi, ruhiyatiga raxna solib turadi. Bunday avlodlar esa «yöqotilgan avlod» deyiladi.
Erix Mariya Remark özining uruş ruhidagi asarlari bilan maşhurlikka erişgan. Uning «Uç oğayni» asarida ham uruşning jamiyat, odamlar turmuş tarzidagi siyosiy-iqtisodiy, ruhiy va ijtimoiy ta’siri mahorat bilan aks ettirilgan.
Roman 1938 yili Şveytsariyada yozilgan bölib, unda çin muhabbat va haqiqiy döstlik tasvirlangan. Birinçi jahon uruşidan keyingi jamiyat, odamlardagi yoqimsiz kayfiyat, işsiz qoliş qörquvi va alamzadalik aks etgan. Çunki mamlakatda işsizlik avj olib ketgandi. Işsizlik esa tiriklikdan mahrum bölişdek gap.
Syujyet:
Robert, Kester, Gotfrid – qalin döstlar. Bu döstlar uzilmas riştalar bilan boğlangan. Uruşga birga qatnaşib, uruş orqali hayot nima ekanini yaxşi anglab olgan qahramonlar uruşdan söng ham ayrilişmaydi. Bejirimgina ustaxona oçişib, u yerda maşinalarni tuzatiş, olib-sotiş orqali tirikçilik qilişadi.
Kundan kunga işsizlik, iqtisodiy inqiroz, qaşşoqlik kuçayib borayotgan şaroitda ular şunçaki tirik ekanliklaridan mamnun va hissiz holatda yaşayveradi. Uruş ularni şunday hissiz va hayotga beparvo, içkilikka öç qilib qöygandi. Kunlardan bir kun ular Patritsa Holmanni uçratişadi, Robert esa uni sevib qoladi.
Asar ham aynan şu Robert Lokamp tilidan hikoya qilinadi. Patritsa bilan birga Robertning hayotiga yangi hislar, yangi hodisalar kirib kelgandek böladi. Muhabbatga limmo-lim yuraklar uçun har daqiqa mazmunli öta boşlaydi. Ikki yoş bir qança işqiy sarguzaştlarni boşdan keçirişadi. Ammo tez kunda Patritsa Holmanning öpkasi jiddiy kasal ekanligini bilib Robert qattiq xafa böladi.
Qizning bu kasalligiga ham la’nati uruş sababçi edi. Yoşligida uzoq vaqt oçlik sababli Pat şunday dardga yöliqqandi. Uç oğayni birlaşib qizni davolatişga, umrini uzaytirişga harakat qilişadi. Birdek tirişadi. Ammo baribir kasallik öz işini qildi. Qiz dunyodan köz yumadi. Ammo uning gözal muhabbati, çiroyli va öçmas xotirasi Robertning yuragida qoldi.
Bu orada 3 döstning biri, eng quvnoq va hazilkaş, biroz quv, ammo beğubor Gotfrid ham bir guruh bezorilar tomonidan otib öldirildi. Gotfridning ölimidan mutaasir bölgan ikki döst qotillarning izidan tuşadi va öç oladi. Bu öç orqali hovurlari sal bosilgandek böladi.

















