Korrupsiyada ayblanib AQŞga ekstraditsiya qilinişi kutilayotgan ukrainalik tadbirkor Dmitriy Firtaş diplomatik daxlsizlik söramoqda. Bu haqda DW ixtiyorida bölgan 14 iyundagi jinoyat işlari böyiça Vena Oliy sudi qarori matnida aytilgan.
Firtaşning advokatlari ularning mijozi «Belarus Respublikasining xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakolatxonasi maslahatçisi» maqomiga ega ekanligini ta’kidlamoqda, bu jinoiy ta’qibdan diplomatik immunitetni nazarda tutadi. Himoya dalillari 30 dan ortiq sahifada keltirilgan.
Dmitriy Firtaş işlaydigan «xalqaro taşkilot» UNIDO bölib, BMT tuzilmasidagi unçalik taniqli bölmagan xalqaro agentlik hisoblanadi, u mustamlakaçilikdan keyingi uçinçi dunyo mamlakatlarini sanoatlaştirişga yordam beradi. UNIDO loyihalari, masalan, muzlatgiçlar va konditsionerlar savdosi bilan şuğullanmoqçi bölgan nigeriyalik ayollar uçun stipendiya dasturi - Venadagi ştab-kvartira tomonidan muvofiqlaştiriladi.
2021 yil 29 iyun kuni ukrainalik tadbirkor UNIDO vakili ekani haqidagi eslatma agentlik ştab-kvartirasiga berildi. Firtaş uşbu taşkilot maslahatçisi sifatida diplomatik immunitetni nazarda tutuvçi diplomat maqomiga ega ekanligini isbotlaş maqsadida tadbirkorning advokatlari 2021 yil oktyabr oyida Ğarbiy Yevropa professorlaridan biri tomonidan tayyorlangan yuridik ekspertizani sudga topşirgan.

















