Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 28 iyun, çorşanba kuni AQŞga bu lavozimdagi birinçi rasmiy taşrifi çoğida amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan Ukrainaga yordam körsatiş va NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.
Taşrif çoğida Pistorius Ukrainadagi uruş masalasida Germaniya va AQŞ örtasidagi «juda qizğin fikr almaşuvi va yaqin aloqalar»ga e’tibor qaratdi. «Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşda köp narsaga erişdik», dedi u va Germaniya «bu uruşda Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun imkon qadar hamma narsani qiladi», deya qöşimça qilib ötdi.
«Germaniya Ukraina suvereniteti va uning erkin yaşaş huquqini qöllab-quvvatlaş majburiyatini oldi», - dedi AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Germaniyaning «Ukraina xavfsizligini ta’minlaş va harbiylarni tayyorlaş» sohasidagi yordamini ta’kidlab.
Taşrif çoğida Pistorius Yevgeniy Prigojinning isyoniga izoh berib, buni «hokimiyat apparatidagi yoriqlar belgisi» deb atadi. «Öylaymanki, qisqa vaqt içida iş şu qadar uzoqqa borişi mumkin bölsa, bu yerda nimadir notöğri ketayotganidan dalolat berişini tuşuniş uçun Rossiya böyiça mutaxassis böliş şart emas», - dedi u.


















