O‘zbekiston | 11:11 / 29.06.2023
3196
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Qurilish maydonlarida jarohatlanishga barham berish” dasturi amalga oshiriladi 

“Qurilish sohasidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimini yanada kuchaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Belgilab qo‘yilishicha:

ikki va undan ortiq ish beruvchi bir vaqtning o‘zida bitta qurilish maydonida ishlaganda bosh pudratchi yoki qurilish obektining umumiy faoliyatiga va amaliy nazoratni olib borishga javobgar boshqa shaxs obektda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan choralarni muvofiqlashtirish va ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi. Bunda, bosh pudratchi yoki qurilish obektining umumiy faoliyatiga va amaliy nazoratni olib borishga javobgar boshqa shaxs qurilish maydonida bo‘lmagan taqdirda, ularning nomidan mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga rioya etilishini ta’minlash uchun boshqa vakolatli shaxs tayinlanadi;

bosh pudratchi tomonidan qurilishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar va shaxslar uchun majburiy bo‘lgan ishlarning xavfsiz sharoitlarini ta’minlovchi tadbirlar (birgalikda bajariladigan ishlar grafigi) rejasi ishlab chiqiladi;

pudrat shartnomalarida qurilish maydonlari va ish uchastkalarida mehnat xavfsizligi sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni bajarishda tomonlarning o‘zaro mas’ulligi belgilanishi lozim;

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari qurilish maydoni, ish uchastkalari va ishchi o‘rinlarida xodimlarning mehnat xavfsizligi va gigiyenasini hisobga olishi shart;

mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bir qurilish obekti loyiha-smetasida mehnatni muhofaza qilish uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori aniq ko‘rsatilishi shart;

ikki va undan ortiq ish beruvchi bir vaqtning o‘zida bitta qurilish maydonida ishlaganda, ular bosh pudratchining yoki qurilish obektining umumiy faoliyatiga va amaliy nazoratni olib borishga javobgar shaxsning mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablariga bo‘ysunishi shart.

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan 2023–2025 yillarda O‘zbekistonda “Qurilish maydonlarida jarohatlanishga barham berish” dasturi tasdiqlanadi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda qurilish tashkilotlarida xavfsizlik monitoringini o‘tkazadi, bunda xodimlarning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularning oldini olish borasida profilaktika chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Buyurtmachi xizmatlari pudrat tashkilotlari bilan birgalikda qurilish obektlari va maydonlarida xodimlarning mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash hamda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid

E`lonlar