Uşbu voqealar yakunida javoblardan köra oçiq savollar köproq qoldi. Nega Vladimir Putin ortga tisarildi, özi u tisarildimi? Nega Prigojin kolonnalarini ortga qaytardi? Bu yerda Belarusning nima aloqasi bor va «Vagner»ga endi nima böladi? Bularning barçasi Ukrainadagi uruşga qanday ta’sir ötkazadi? BBC bu savollarning ayrimlariga javob topişga harakat qildi.

Prigojin nega «Adolat marşi» ötkazdi. Rejasi qanaqa edi va özi u bormidi?

«Adolat marşi» haqida Prigojin 23 iyun, juma kuni e’lon qildi. Bunga sabab qilib, jangarilarning front ortidagi lageriga köplab qurbonlarga olib kelgan raketa zarbasi berilganini körsatdi.

Bunga tasdiqlangan dalil körsata olişmadi. Telegram-kanallardan birida yonayotgan örmon yalangligiga qarab yugurayotgan harbiylar tasvirlangan videolavha e’lon qilindi. Garçi bu rolikdagi lavhalar «Vagner» lageri haqidagi avvalgi lavhalarga öxşaş detallarga ega bölsa-da, video sahnalaştirilganga öxşardi. Buning isboti sifatida u yerdan boşqa foto yoki video körmaganimiz, «vagnerçilar» örtasida qurbonlarning aniq soni e’lon qilinmaganini keltiriş mumkin.

Isyondan keyingi öz audiomurojaatida Prigojin «öttizga yaqin» jangçisi halok bölgani, ayrimlari yaralangani, şundan söng «Vagner» komandirlari kengaşi «yuriş qiliş»ga qaror qilişganini aytdi.

Biroq, Prigojinning RF mudofaa vazirligi va Boş ştab rahbariyati bilan munosabatlari tösatdan, yöq joydan buzilib qoldi, deyiş notöğri. Bu ziddiyat oylar mobaynida davom etib kelayotgandi. Avvaliga «Vagner» egasi harbiy rahbariyatni boşqaruvni eplolmayotganlikda aybladi. Söng «Vagner»ning yutuqlarini tan olişni istaşmayotganidan jahllandi. Undan keyin Baxmut ustiga yuriş qilişda «vagnerçilar»ga qiyinçilik yaratiş uçun sun’iy «snaryad taqçilligi» yuzaga keltirişda aybladi.

Parallel ravişda Prigojin şaxsan mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Boş ştab rahbari Valeriy Gerasimov manziliga qarşi çiqişlar qildi. Öliklar uyumini körsatib, generallarni haqorat qildi, ularning nönoqligi tufayli Rossiya armiyasida yöqotişlar köpligini aytdi. Şoyguning oilasi ham Prigojinning zaharxandasi obektiga aylandi. May oyida ziddiyat qaynaş nuqtasi yetgandek körindi, toki öq-dori yetkazilmas ekan, «Vagner» rahbari buyruqsiz öz jangçilarini Baxmutdan olib çiqiş bilan