28 iyun, çorşanba kuni AQŞ sohilni qöriqlaş xizmatining ma’lum qilişiça, sayyohlarni «Titanik» halokatga uçragan joyga olib borgan «Titan» batiskafi çökib ketgan Atlantika okeanida «ehtimoliy inson jasadlari qoldiqlari» topilgan. Qayd etilişiça, bu qoldiqlar batiskaf vayronalari ostidan ehtiyotkorlik bilan olib çiqilgan va endi rasmiy tahlilga yuboriladi.
Dengiz tergov qömitasi (MBI) raisi Jyeyson Noybauer qidiruv operatsiyasi a’zolariga yordam va qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirdi. Uning sözlariga köra, dalillar tergovçilarga uşbu fojia sabablarini tuşuniş va kelajakda şunga öxşaş fojialar sodir bölmasligiga işonç hosil qiliş imkonini beradi.
Avvalroq «Titanik»ka ekspeditsiya çoğida halokatga uçragan sayyohlik batiskafi vayronalari Kanadaning Sent-Jons şahri portiga tuşirilgan edi.
«Titan» batiskafi 18 iyun kuni «Titanik» halokatga uçragan joyga yöl oldi. Bir kundan keyin uning radardan ğoyib bölgani ma’lum böldi. 22 iyun kuni AQŞ sohilni qöriqlaş xizmati qidiruv guruhi a’zolari suvosti kemasi bölaklarini topgani haqida xabar berdi. Taxminlarga köra, bortdagi barça beş kişi portlaş sababli halok bölgan, ya’ni batiskaf atrofdagi suvning gidrostatik bosimidan taşqaridan ezib taşlangan.


















