Eski namunadagi haydovçilik guvohnomalarini yangisiga almaştiriş uçun bir neça marta uzaytirilgan muddatlarning sönggisida ikkinçi bosqiç yakunlanmoqda.

2010 yilgaça berilgan eski namunadagi haydovçilik guvohnomalari 2023 yil 1 apreldan boşlab haqiqiy emas deb hisoblana boşlagan edi.

2010-2012 yillarda berilgan şu turdagi guvohnomalarni almaştirişning oxirgi muddati – 2023 yil 30 iyun deb belgilangan. 1 iyuldan boşlab ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.

2013-2015 yillarda berilgan eski namunadagi haydovçilik guvohnomalari 2023 yil 30 sentabrgaça, 2015 yildan keyin berilganlari esa 2023 yil 31 dekabrgaça yangisiga almaştirilişi lozim.

Eski namunadagi haydovçilik guvohnomasini öz vaqtida yangisiga almaştirişga ulgurmagan fuqarolar belgilangan muddatdan keyin ham yangi guvohnoma uçun ariza berişi mumkin. Bunda, muddat ötgani uçun jarima solinmaydi, qayta imtihon topşiriş ham talab etilmaydi.

Biroq, muddati ötgan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanişi bois, ular bilan avtomaşina boşqariş javobgarlikka sabab böladi. MJtKning 135-moddasiga asosan, hujjatsiz maşina boşqarganlik uçun 1 BHM (ayni paytda 330 ming söm) miqdoridagi jarima közda tutilgan.