Yevropa top-klublari transferlar bozoridagi işlarni davom ettirmoqda. 2023 yil yozining alohidaligi şundaki, ma’lumotlarning köpçiligi kuçli klublar safini futbolçilar oqimi tark etayotgani bilan boğliq. Bu boradagi eng faollik – «Çelsi»da kuzatilmoqda. Ammo londonliklar hali ham keraksiz futbolçilardan tarkibni tozalab ulgurmadi. «Çelsi», «Barsa», «MYu» va boşqa top-jamoalarni yana kimlar tark etadi?

«Çelsi»

Kay Havers. Foto: ARSENAL.COM

London klubini allaqaçon Kalidu Kulibali, Eduar Mendi (ikkisi ham «Al-Ahli»ga), N’Golo Kante («Al-Ittihod»), Temue Bakayoko (klubsiz), Joau Feliş, Denis Zakariyo (ularning ikkisida ham ijara muddati tugadi), Kay Havers («Arsenal»), Mateo Kovaçiç («Mançester Siti»), Ruben Loftus-Çik («Milan»), Hakim Ziyoş («An-Nasr») tark etib bölişdi. Ammo bu hali hammasi emas. Londonliklar yana bir guruh futbolçilari uçun variantlar izlamoqda: forvardlar Piyer-Emerik Obameyang (u «Barselona»ga qaytişi aytilmoqda), Romelu Lukaku («Inter» uning transfer huquqini sotib olişi, «Milan»ga ötişi yoki Saudiya Arabistoniga ketişi mumkin), Kristian Pulişiç («Milan»), yarimhimoyaçilar Meyson Maunt (asosiy variant – «Mançester Yunayted»), Kallum Hadson-Odoi (Saudiya Arabistonidan variantlar bor), şuningdek himoyaçilar Sesar Aspilikueta va Trevo Çaloba (ularning ikkisini «Inter» bilan boğlaşmoqda). «Çelsi»da tozalaş davom etadi. Asosiy xaridlar esa hali oldinda – tarkibda joy böşatilganidan keyin.

«Mançester Yunayted»

Jyeydon Sanço. Foto: MATT MCNULTY/GETTY IMAGES

Mankunianliklar ham tarkibni ortiqça futbolçilardan tozalaş ustida iş olib bormoqda. Marsel Zabitser, Vaut Veghorst va Jyek Batlendning ijara muddati yakunlanib, öz klublariga qaytişdi. Şuningdek, «MYu»ni Aksel Tuanzebe va Fil Jons erkin agent maqomida tark etdi. Ammo asosiy çiqiş transferlari hali oldinda. Daily Mail xabariga köra, «Yunayted» bir guruh futbolçilari böyiça takliflarni kutmoqda. Ularning qatoriga: himoyaçilar Aleks Telles, Harri Maguayr, Brendon Uilyams, Erik Bayi, yarimhimoyaçilar Fred, Donni van de Bek, Skott Maktominey, Hannibal Mujbri va Jyeydon Sanço, şuningdek forvardlar Entoni Elanga va Antoni Marsiyal kiradi. Şuningdek, «MYu»ni erkin agent maqomida 12 yildan buyon klubda bölgan David de Xea ham tark etişi mumkin. «Yunayted» sotuvlardan jami 280 mln yevro işlab olişni közlagan. Yuqorida nomlari sanalgan futbolçilarning barçasini sotişning imkoni bölişi dargumon, ammo ularning bir qismi Mançesterni tark etişi aniq.