BMT Boş assambleyasi 29 iyun, payşanba kuni Suriyada 2011 yilda uruş boşlanganidan söng bedarak yöqolgan minglab odamlar taqdiriga «aniqlik kiritiş» böyiça maxsus institut taşkil etiş töğrisidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi, deb xabar beradi Boş assambleya sayti.
Rezolyutsiyada aytilişiça, «Suriya Arab Respublikasida bedarak yöqolganlar böyiça mustaqil muassasa»ning vazifalariga bu odamlarning taqdiriga oydinlik kiritiş, şuningdek, jabrlanganlar va ularning oilalariga yordam körsatiş kiradi.
Lyuksemburg vakili hujjat matnini taqdim etar ekan, rasmiy ma’lumotlarga köra, Suriyada 100 ming kişi bedarak yöqolgan, biroq real raqam bundan ham köp bölsa kerak, deb ta’kidladi. Yangi muassasaning vakolat doirasi 80 kun içida aniqlaştiriladi, deyiladi hujjatda.
«12 yillik töqnaşuv va zöravonliklardan söng Suriya Arab Respublikasida bedarak yöqolganlarning taqdiri va ular qayerda ekaniga javob beriş orqali oilalar azobini yengillaştiriş böyiça kam muvaffaqiyatga erişildi, bu hal etilmagan muammo ayollar va bolalarga alohida ta’sir körsatmoqda», - deyiladi rezolyutsiyada.
Qaror loyihasini yoqlab 83 delegat ovoz berdi, 11 nafari qarşi çiqdi, 62 nafari esa betaraf qoldi. Qarşilik qilganlar orasida Rossiya, Xitoy, Eron, şuningdek, Suriya ham bor, ularning delegati Damaşq bilan rezolyutsiya böyiça maslahatlaşilmaganini aytdi.

















