Ölmasjon Jumayev haqida Kun.uz’da video va maqola e’lon qilingandan keyin köplab yurtdoşlarimiz tomonidan qahramonimizga moddiy yordam körsatildi. Namanganlik tadbirkor protez qöydirib berdi, yana bir farğonalik saxovatpeşa inson öz hisobidan onasini Umraga jönatdi.

“Men haqimda tayyorlangan video Kun.uz’da çiqqanidan söng odamlarning menga bölgan munosabati özgara boşladi. Avvallari köça-köyga özimni ovutiş uçun çiqqan bölsam, endilikda tirikçilik qiliş uçun ham taşqarida yura boşladim. Şunday tasodiflar böldiki, oşxonaga ovqatlaniş uçun kirganimda ijtimoiy tarmoq qahramoni sifatida köpçilik meni tanidi.

Kun.uz’da çiqqan lavhada:“Qani endi onamni Umraga jönatsam, armonim qolmas edi” deb aytgan edim. Şu lavhadan keyin farğonalik tadbirkor kömagi bilan onam Umra safariga borib keldi. Namanganlik tadbirkor esa oyoğimga protez qöydirib berdi. Bularning barçasi hayotda yanada kuçliroq bölişga turtki böldi.

Orzularim haqida köp savol berişadi. 9-10 yoşimda harbiy bölişni orzu qilganman. Mahallamizda harbiy xizmatga ketayotgan akalarning böyniga osilib yiğlaganim hamon yodimda. Bu uşalmagan orzum edi.

Şunday oyoqlar borki, u öz egasini yomon yöllarga yetaklaydi. Protez bölsa ham oyoğim borligiga şukr qilaman. Oyoği böla turib uni harakatlantira olmay bir joyda yotib qolganlar qança...

Hozirda uyda çuvalçang, asalari, issiqxonada bodring parvariş qilyapman. Bahorda bodring, yozda pomidor sotaman. Ayni kunlarda özimga yaraşa ixçamroq ikki xonali imorat qurişni reja qildim. Şuning uçun ham ğişt quyişni boşladim.