Qozoğiston 2023 yil oxirigaça Qirğiziston va Özbekiston bilan Sirdaryo havzasi resurslaridan foydalaniş böyiça kelişuvni özgartirişni rejalaştirmoqda. Bu imkoniyat 2023-2029 yillarga möljallangan suv resurslarini boşqariş konsepsiyasida öz ifodasini topgan. 

Hujjatning qisqaça tavsifida qayd etilişiça, suv böyiça uşbu kelişuv 1998 yildan beri amal qiladi. Hujjat irrigatsiya va energetika sohasida Sirdaryo resurslaridan foydalanişni tartibga soladi. 

Hozirgi kelişuvga asosan GESlarda işlab çiqarilgan elektr energiyasining ortiqça qismi Qozoğiston va Özbekistonga ötkaziladi. Buning evaziga Qirğiziston qöşnilaridan energoresurslar, moliya va tijorat xizmatlarini oladi. 

Qozoğiston suv tanqisligi mintaqadagi asosiy va kuçayib borayotgan muammolardan biriga aylanib borayotgani sababli hujjatni özgartirişga qaror qilgan bölişi mumkin. Iqlimşunoslar fikriça, mintaqaning ayrim mamlakatlarida 2040 yilga borib suv resurslariga bosim 2,8 barobar ortadi. 2050 yilga borib, Sirdaryo 15 foizga sayozlaşişi mumkin. 

Hujjatning batafsil mazmuni ma’lum emas.