Jahon | 18:25 / 30.06.2023
8189
2 daqiqa o‘qiladi

Si Jinping ShHT sammitida videokonferensiya orqali ishtirok etadi

Sammit Hindistonda virtual formatda o‘tkaziladi.

Foto: AP

Xitoy rahbari Si Jinping Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari kengashining 23-yig‘ilishida videokonferensiya orqali ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.

U Hindiston bosh vaziri Narendra Modi taklifiga binoan uchrashuvda ishtirok etadi va 4 iyul kuni nutq so‘zlaydi.

Sammitga Hindiston raislik qiladi. Unda qatnashish uchun ShHT barcha a’zolari – Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston taklif etilgan. Bundan tashqari, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat sifatida, Turkmaniston esa rais mehmoni sifatida taklif etilgan.

Sammitning mavzusi «Towards a SECURE SCO - Xavfsiz ShHT sari»

Hindiston bosh vaziri 2018 yilda shu mavzuni taklif qilgan edi. SECURE qisqartmasi xavfsizlik, iqtisodiyot va savdo, o‘zaro bog‘liqlik, birlik, suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish va atrof-muhit degan ma’noni anglatadi.

Mavzuga oid